Ayo sultoni dorul-mulki ofoq...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ayo sultoni dorul-mulki ofoq...
by Gadoiy

Ayo sultoni dorul-mulki ofoq,
Erur diydoringa jon asru mushtoq.

Tabibim,kel mening dardi dilimg’a,
Iloje qilki, bo’ldi toqatim toq.

Firoq og’usidin bori ne g’amdur,
Visolingdin agar topilsa taryoq.

Qazo me’morining hech ko’rgani yo’q
Iki qoshing kibi ham juftu ham toq.

Gado sori inoyat ko’zi birla,
Qaro ko’zum, ne bo’ldi bir qiyo boq.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse