Ayo, ey dilbari jonim, jamolingni ko‘ray derman...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ayo, ey dilbari jonim, jamolingni ko‘ray derman...
by Sadoiy Mirhasan

Ayo, ey dilbari jonim, jamolingni ko‘ray derman,
Sifoting qilg‘uchi har yerda maddohing bo‘lay derman.

Qorong‘u kechalarda jamoling shamdek yonsa,
Qilib jonim fido parvona yanglig‘, o‘rgulay derman.

Ayo, ey dilbari jonim, sani man justujo‘ aylab,
Kirib mayxona, masjidga so‘rog‘ingni qilay derman.

Ajoyib bandai bechoraman, aqlim erur qosir,
Maqomu manzilingni, ey pari, qaydin bilay derman.

Jamolingni ko‘rub jon bergali orzu aylab,
Qiyomat bo‘lg‘uncha bul ahdni buzmay turay derman.

O‘tub umri Sadoyini qurib bo‘ldi, qarab bo‘lmas,
Agar ko‘rsatmasang husnung, o‘zumni man uray derman.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse