Aylab shior shevai bedod ko‘zlaring...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Aylab shior shevai bedod ko‘zlaring...
by Bayramxon

Aylab shior shevai bedod ko‘zlaring,
Olamni qatl ayladi jallod ko‘zlaring.

Islom kishvarida baraftod ayladi,
Oyini adlu qoidai dod ko‘zlaring.

Etmas edi burung‘i balosiki, g‘amzadin
Kasb ayladi tariqai bedod ko‘zlaring.

Ahli huzur xotirini sayd qildilar,
Sayyodlig‘ tariqida ustod ko‘zlaring.

Bo‘ldi yaqin zuhuri qiyomatki, bo‘ldilar,
Iki g‘izol ekach iki sayyod ko‘zlaring.

Xush ul zamonki, bir nazari marhamat bila,
Qilg‘on ko‘ngulni qayg‘udin ozod ko‘zlaring.

Chun tark ayladi nazari lutf odatin,
Bayramni qildi g‘am bila mu’tod ko‘zlaring.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse