Avval ul sho‘x yuzi nuru ziyosini ko‘rung...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Avval ul sho‘x yuzi nuru ziyosini ko‘rung...
by Devoniy

Avval ul sho‘x yuzi nuru ziyosini ko‘rung,
So‘ngra el qatli uchun qoshlari yosini ko‘rung,
Jong‘a yetgan g‘amida dardu balosini ko‘rung,
Javrig‘a oshiqining sabru rizosini ko‘rung,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Chekmak anduhi sitam bo‘lur ishim subhu maso,
Yuzlanib joni hazinimg‘a tuman dardu balo,
Qilg‘ali jomi visoli bila komimni ravo
Ayladim ko‘yi aro o‘zni men telba gado,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Netay ul sho‘x o‘zin g‘ayrig‘a hamroz aylar,
Arzi holimni desam g‘amza bila noz aylar,
Javr rasmini meni telbaga og‘oz aylar,
Tilab ishq ahli qatlini taku toz aylar,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Tunu kun shomi firoqida ishim afg‘ondur,
Qon to‘kub ikki ko‘zum xasta jigar biryondur,
Vaslig‘a yetmak hazin xotirima armondur,
Nechakim va’da manga qildi bori yolg‘ondur,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Nogahon qilsa boshimdin ul sho‘x guzar,
Ayladim itlaridek go‘yi harimida maqar.
Toki qildim men oning husnu jamolig‘a nazar,
Qolmadi ko‘nglum aro sabr ila toqatdin asar,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

Qomatim ayladi yo shavqi qadi zebosi,
Yo‘qdurur holi xarobimdin oning parvosi,
Xasta ko‘nglumda erur ishqu junun savdosi,
Ayb emas bo‘lsam agar emdi jahon rasvosi,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

O‘zni Devoniy kabi aylamadim ahli funun,
Holatim ishq g‘ami birla bo‘lub asru zabun,
Ixtiyor etdim o‘zumga meni sargashta junun,
Bu sababdin bukulub qomatim o‘lmishdur «nun»,
Vahki ul mohliqo nozu adosini ko‘rung,
Jonima har nafas ozoru jafosini ko‘rung.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse