Avsofi Hoji Niyoz

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Avsofi Hoji Niyoz
by Maxmur

(Hoji Niyoz sifatlari)

Uchinchi erur hojiyi bad burut,
Bo‘lur yetti boshliq yuho, ikki put.

Tutar o‘zini hojiyi Makka ham,
Boribman degay Makkaga yakka ham.

Nishonida yo‘q zarrai fayzi haj,
Ani hoji desang erur bul xaraj.

Gumonimga haj qilmagan bo‘lsa ul,
Tariqi haram bilmagan bo‘lsa ul.

Qigan bo‘lsa maqbuli haq bo‘lmagan,
Duosi ijobat qarin bo‘lmagan.

Magar yo‘lda ul jinniyi ro‘ siyoh,
Sotib hajni xarj aylagan ul baroh.

Zi bas loda, ma’juniyi badkayfdur,
Anga yaxshi madhu sano hayfdir.

Olib necha pulni payi nafsi rev,
Zihi makru nayrangu afsuni dev.

Ko‘rung mevai rizq nsbotlni,
Biling domi tazviri avqotini.

Gahi hojiyi favji farzonalar,
Gahi jinniyi jam’i devonalar,

Gahi mirishab, gah sipohi bulur,
Gahi osilar ro‘siyohi budur.

Gahi doxili sadri ahli suluk,
Gahi qobili bazmi tojul-muluk.

Gahi amri ayyoru, gah dog‘uli,
Gahi navbahori, gahi omuli.

Gahi sohibi ganji asror ham,
Gahi tolibi she’ru ash’or ham.

Yig‘ib necha kun xotiri ka’bidin,
Tug‘ub bu g‘azal mochai tab’idin.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse