Angliz va Turkiston

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Angliz va Turkiston  (1918) 
by Abdurauf Fitrat

Mundan ikki oy burun «Turkistonda angliz mudofaasini saqtamoq uchun Chin qo‘shuni kelmoqchi emish» degan bir xabar chiqg‘anda «Hurriyat» gazetasi ikki maqola ila fikrini bildirgan va Turkiston siyosiylarini uyg‘oqliqqa chaqirg‘an edi. Bu kun ish bir oz ochildi: Turkistong‘a angliz vakillarimi, angliz josuslarimi kela boshladilar.

Bu vakillardan Kogonda Sapar Badlo‘fning uyiga qo‘ng‘an bir hindli Parnasning rus rasmiy doiralarinda berdig‘i ma’lumotga qarag‘anda bir odam hind inqilobchilaridan emish. Hindustonda inqilob chiqarmoq uchun bolsheviklar bilan muzokara qilg‘ali kelgan emish. Sharqning eski hukumatlarindan birisi aydig‘i uchun ruxsat berilsa, bechora hukumatini ko‘rmoqchi emish.

Bunlarning yuqori doiralarg‘a ham so‘zlari shu esa biz bunlarg‘a «yashurun bir maqsad uchun kelgan josuslar» deb qararg‘a majbur qolurmiz. Yuqori doiralarga tilaklarini ochibg‘ina aytkan bo‘lsalar, u vaqt bunlarning bolsheviklar bilan muzokara qilg‘ali kelgan vakillari ayduqlarig‘a shubha qolmas. Har holda mas’alaning shu nuqtasi ma’lumdirkim bunlar josus bo‘lsalar ham vakil bo‘lsalar ham tilaklari birdir. Bunlarning ikkinchisi bir Hindustonni olmoqchi bo‘lg‘anlar. Bunlarning ko‘zlari bizning yurtimizdadir.

Anglizlar bilan Turkiston orasinda Afg‘on va Chin hukumatlari bordir. Ajabo Britaniya tulkilari Turkistonimizg‘a burunlarini suqmoquchun Chin hukumati bilanmi onglashadilar. Afg‘on hukumati bilanmi?

Og‘iz xabarlarig‘a qarag‘anda, har ikkisi bilan ham onglashg‘an, hatto Afg‘on hukumati bilan ittifoqi kuchliroqg‘a o‘xshaydirlar. Lekin biz shul Afg‘on va Angliz ittifoqini qabul qilmaymiz.

Ma’lumdurkim: bu kun German va Turk davlatlarining birinchi dushmanlari anglizdir. German va turk davlatlari oldida Turkistonning anglizlarga kechmakindan ruslarg‘a qolmog‘i yaxshiroqdir. Bir vaqtlar o‘zini turk davlatining bir kashishi atag‘an Afg‘on hukumati turk siyosatiga shuncha molik bo‘lg‘an bir mas’alani qabul qilarmi?

Angliz bilan ittifoq etmak – german va turkga qarshi chiqmoqdir. Afg‘on hukumati bu yo‘lga kirarmi? Angliz hiylasining ta’siri buyukdir, ehtimol kim, Afg‘on hukumati ham oldang‘andur, lekin bizning umidimiz boshqadir.

Afg‘on hukumatining urushg‘a qotishmog‘i mumkindir, uning kuchi bordir, ehtimolkim, vaqti daxi bo‘ladir, lekin biz umid qilamizkim, Afg‘on hukumatining bu harakati angliz foydasi uchun emas, german va turk pilonlarig‘a muvofiq bo‘lmoq sharti bilan o‘z foydasi uchun bu harakat Hindustong‘a qarshi bo‘lg‘ulidir.

Ammo Angliz va Chin ittifoqi mumkindir. Chin hukumati Japun tazyiqotindan qutulmoq va o‘lkasining rus nufuzi ostida qolg‘an qisminda o‘z huquqini tasdiq eturmak uchun Angliz davlatining turli xizmatlarig‘a hozirdir.

Emdi mas’alaning boshqa bir jihati qoldi. Turkistonni daxi Hinduston kabi yutmoqchi bo‘lg‘an anglizlar bu urush maydonidan qanday chiqarlar? Mag‘lubmi? Mag‘lub chiqarlar esa, Turkistonni qaysi kuch bilan saqlarlar?

O‘z hiylalarig‘a ishong‘an chidamli anglizlar o‘zlarini shul muhoribadan oz zarar bilan soqg‘ina qutqarmoq uchun albatta bir pilon chizg‘an va shul pilonlariga ishong‘andirlar. Mana shul nuqtag‘a binoan, sulhdan burun Turkistonni olib dushmanlarini «amru afu» qarshisinda qo‘ymoq va sulh majlisinda kirganda Turkistonni qaytarib berarg‘a majbur bo‘lsalar ham uning o‘rninda boshqa yoqdan biror narsa saqlamoq fikrinda bo‘lsalar kerak.

Ammo bizning fikrimizga ko‘ra, angliz hukumatining bu urushdan oz zarar bilan soqg‘ina qutulmog‘i mumkin emasdir. Germaniyaning og‘ir va yomonroq zarbasi anglizlarning boshlarig‘a inar. Angliz hukumati butun ishdan chiqmayin bu urushdan chiqolmas. Shul suratda Turkistonning tole’i nimadir?

Uni turkistonlilarning o‘zlari tayin qilarlar, ammo ittifoq va ittihod aytib butun fikrlarini bir nuqtada to‘plag‘andan keyin!..

(«Hurriyat», 1918 yil, 29 mart, 82-son)

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse