Amiriy g‘azaliga muxammasi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Amiriy g‘azaliga muxammasi
by Nola

Etibsen dardi hijron ishtidodidin o‘lar hola,
Tahammul aylagil men telbadek oy husningga vola,
Bo‘lubsen garchi hasrat tig‘idin pargola-pargola,
Hayoli yor etarmen, ey ko‘ngil sen qilma ko‘p nola,
O‘zing insofa kelkim vasl aro hojatmu damola.

O‘zingni bir nafas maxmurliq birla ovut soqiy,
Zamoni mastliq kayfiyatin lutf et, unut soqiy,
Qizardi orazing may tobidin, bir dam sovut soqiy,
Mijozingga magar charm keldi manga tut soqiy,
Labing ya’quti uzra chiqti gavhar o‘xshatub holi.

Kaloming jon berurga mohir o‘ldi, yig‘ladim tinmay,
Ko‘zing qatlim etarga kohir o‘ldi, yig‘ladim tinmay,
Ruhingdin ayru zulfing mohir o‘ldi, yig‘ladim tinmay,
Yuzing davrida xating zohir o‘ldi, yig‘ladim tinmay,
Yog‘in yog‘moq muqarrar bo‘lsa gar oy davrida holi.

O‘zimni xalqdin kuying aro berkitmayin har dam,
Guhardek tishlaring bedodidin og‘ritmayin har dam,
Gulistoni jamoli zavqimu bartinmayin har dam,
Bahori orazingni shavqimudur tinmayin har dam,
Simobi diydalardin qatra-qatra yog‘dirur jola.

Hayoli bo‘ldi muhlik zahri hijron ichra taryokim,
Necha jahd aylasam ul nuqtag‘a tinmas chu idrokim,
Ko‘ngillarni suvaydosimudur ul sho‘x bebokim,
Horo holingmudur yo la’l gulfoming uza tokim,
Chibin qo‘nmishmudur shahd istayub shakar tilayola.

Nechuk mahbun ko‘ngilning xilvatidin zavq yodinkim,
Suya sog‘inur jon birla saqlarmish savodinkim,
Na yanglig‘ kim, keturmish mushk isini bil Xitodin kim,
Eshitdi, hol oroz vasfini bodi sabodinkim,
Qizardi rashkdin dog‘ o‘ldi, tog‘ o‘ldi gulu lola.

Tushub boshimg‘a tosha qullig‘idin davlati savdo,
Xumoning soyai bolidin aylar nola istig‘no,
Tunukun chiqmamish kilkim maning hukm asnadin go‘yo,
Amir ul xat bilan ruxsori vasfin ayladin insho,
Bu so‘z ovoza bo‘ldi Rumdin to mulki Bengola.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse