Alisher Navoiy g’azaliga muxammas (Andalib, V)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Alisher Navoiy g’azaliga muxammas
by Nurmuhammad Andalib

Har subhu shom telbarab og’lormen yana
Ul vajhdinki tolibi diydormen yana,
Gah sokini jafo, gah sayyorman yana,
Hayhotkim, birav g’amidin zormen yana,
Faryodkim, balog’a giriftormen yana.

Jonimni oldi qoshu ko’zu oraz uzra mang,
Ko’nglumni yoqdi shu’lai hijron bedarang,
Ey ahli dil, qachon bo’lur oshiqta nomu nang,
Og’zim qurub, damim tutulib sekrasam ne tong,
Kim telba chobukimga jilavdormen yana.

Zorimni kimga desam uchar hush boshidin,
Bir o’q qadaldi siynama payvasta qoshidin,
Faryoda keldilar hama nolam xaroshidin,
Har kecha bir quyosh g’amidin g’ussa toshidin,
Boshdin ayog’ sipehrdek afgormen yana.

Gah vodiyi junun aro mastona yo’l tuzub,
Kim telbarab fig’on ila, gah yova ko’rguzub,
May ichgali ridog’a solib, bodani suzub,
Sufii aql savmaasin, shukrkim, buzub,
Dorul-fanoi ishqda xammormen yana.

Tuz, Andalib, «Iroq»u «Hijoz» aylagil fig’on,
Gohi Nishovuriga tebranar «Isfahon»,
Sharhi g’amingni aylagil ushshoq aro ayon,
Aql itti, hush ketti, ko’ngul kuydi, chiqdi jon,
Shukr et, Navsiyoki, sabukbormen yana.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse