Alisher Navoiy g’azaliga muxammas (Andalib, II)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Alisher Navoiy g’azaliga muxammas
by Nurmuhammad Andalib

Faryodkim, man zorni ul gul’uzor o’lturgusi,
Qatlimg’a bog’lab tiyg’i kiyn, zori nizor o’lturgusi,
Qoshu ko’zung, xolu xating begonavor o’lturgusi,
Bir kun mani ul qotili majnunshior o’lturgusi,
Usruk chiqib, javlon qilnb, devonavor o’lturgusi,

Ochmish guli ruxsorini ul qomati navrastakim,
Ikki hiloli qoshlari bir-birina payvastakim,
Gisularina bo’lmisham ondin beri vobastakim,
Oshiq bo’lurda bilmadim men notavoni xastakim,
Hajr o’lsa, g’am kuydurgusi, vasl o’lsa, yor o’lturgusi.

Kirpiklarini o’qlarin bog’lab qoshi yosig’akim,
Bilmon ne deb rahm aylamas man zori shaydosig’akim,
Ko’nglum qushin band ayladi zulfi jalisosig’akim,
Maydon aro, ey ahli din, kirmang tamoshosig’akim,
Yuz ko’rmayin ul kofiri chobuksuvor o’lturgusi.

Jonimg’a rohat yetkurur la’ling xayoli o’zgacha,
Uchdi jamoling hajridin uyqu ko’zimdin bu kecha,
Mumkin emas jon saqlamoq man notavoni tongg’acha,
La’ling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mug’bacha,
Dayr ichra men dilxastani ranji xumor o’lturgusi.

Ikki bunogo’shidagi kokul ochibdur orazin,
Jon rishtasidek mushkbo’ sunbul ochibdur orazin,
Bu Andalibi zorg’a bilkull ochibdur orazin,
Derlar Navoiy qatlig’a gul-gul ochibtur orazin,
Ko’rguncha oni, voykim, yuz xor-xor o’lturgusi.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse