Alisher Navoiy g’azaliga muxammas (Andalib, I)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Alisher Navoiy g’azaliga muxammas
by Nurmuhammad Andalib

O’ngumni tutsa balo Hinddin Hisorg’acha,
Qaroqchi tutsa yana Qorshudin Xuzorg’acha,
Suv olsa yo’limi to Balxdin Buxorg’acha,
Hirotdin agar o’t tushsa Sabzavorg’acha,
Bo’lay samandaru tortan o’zumni yorg’acha.

Jahonda ohim o’tidin sharora tush-tushdur,
Ki ruq’am har biri elturga nomavar qushdur,
Ko’rubman oni bu oqshom, o’ngummu yo tushdur,
Ko’ngul dog’i bu o’t ichra yo’luqsa ham xushtur,
Ki bo’lsa hamrahim ul sarvi gul’uzorg’acha.

Balo sipohi bila dashti g’amda ot surushub,
Fazoyi mehnat aro bir-birini oxtorushub,
Qaroru toqati sabrim birin-birin urushub,
Junun aro borishib, gohu goh qichqirishib,
Yetishsak ikkimiz ul tund shahsuvorg’acha.

Tanim firoq o’tidin xastau kuyuk bo’lsa,
Yo’limda turlu balolar suruk-suruk bo’lsa,
Ungumg’a ne keluri kosh bilguluk bo’lsa,
Emas chu umr ishi ma’lum, har nechuk bo’lsa,
O’zumni yetkurayin yor o’lon diyorg’acha.

Fig’onki, bo’lmisham o’z shahri kishvarimda g’arib
Kishim yo’q oni janozamg’a qilg’ali targ’ib,
Yetushmagay manga shoyad azobdin osib,
Chu ko’y ichra mozorimg’a bersalar tartib,
Qadamni qilsa gahi ranja ul mazorg’acha.

Bu kun sabo bu ko’han dayr aro topilmassan,
Yo’ling maxufdurur qaytib emdi kelmassan,
Hama fano yo’lig’a bordi, boqiy qolmassan,
Erur bahor g’animat, may ichki, bilmassan
Ki dahr bog’ida bo’lg’ung yana bahorg’acha.

Kel, Andalibi balokashg’a, soqiyo, may ber;
Qilay man oni ichib, joninga duo, may ber;
Xumor xastasidurman, topay shifo, may ber,
Navoiyo, g’amim o’lturdi, g’amzudo, may ber,
Yo’q ersa boshla mani yori g’amguzorg’acha.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse