Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas (Vola, I)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas
by Vola

Zulfin, ey mashshota, tarqab husni behamtog‘a soch,
Sunbulin gul uzra, ya’ni orazi zebog‘a soch,
Shom atrin subh yanglig‘ safhai bayzog‘a soch,
Turra marg‘ulin ochib, ruxsori mahsiymog‘a soch,
Tun savodi anbarin mehri jahonorog‘a soch.

Yusufiston baytul ehzoiim bu axshom, ey sipehr,
Maqdami osori imonim bu axshom, ey sipehr,
Husnig‘a parvonadur jonim bu axshom, ey sipehr,
Erdur sham’i shabistonim bu axshom, ey sipehr,
Axtaringning durlarin bu bazmi mehrosog‘a soch.

Har sabohdek sho‘xlig‘ni qilma izhor, ey nasim,
Berma ilkingdin adab rasmini zinhor, ey nasim,
Lek bu bog‘ ichra bo‘lg‘aysen xabardor, ey nasim,
Sarvi gulro‘yum qilur gulgashti gulzor, ey nasim,
Dam-badam sorig‘, qizil gul ul guli ra’nog‘a soch.

Mehribonlig‘ mujdasin yetkurdi ul nomehribon,
Hajr o‘tig‘a kuyma bir dam emdi, ey afsurda jon,
Vasli davroni yaqindur chekma, ey ko‘ngul, fig‘on,
Yig‘lama, ey ko‘zki, ul oy bo‘lg‘usidur mehmon,
Gar sochar sen yuz guhar, ul gavhari yaktog‘a soch.

Dayr aro ne ishva paydo aylading, ey mug‘bacha,
Kufr elin ko‘nglini yag‘mo aylading, ey mug‘bacha,
Har taraf yuz fitna barpo aylading, ey mug‘bacha,
Zuhd elin may birla rasvo aylading, ey mug‘bacha,
Jur’aye yetti-yu, rahm aylab meni rasvog‘a soch.

Ahli islom ichra ar Bastomiy bo‘lsun, v-ar Junayd,
Olg‘usi ko‘ngullarin ul kofir aylab makru qayd,
Emdi kim olamda qoldi qilmay ul sayyod sayd,
Din aro din ahlining bo‘ynig‘a zulfi bo‘lsa qayd,
Bul’ajab zunnordur ul dilbari tarsog‘a toch.

Har necha qilsang karam muhtojdin tutma darig‘,
Lutf mustag‘niyg‘a qilmoq sudi yo‘q, bilgil anig‘,
Bir giyahdek menki, yomg‘ur ko‘rmagan, rangi sarig‘,
Tashnag‘a ber fayz, ey abri karamkim, ne asig‘,
Garchi suv yuz qatla daryodin olib daryog‘a soch.

Qilmag‘aysan andin o‘zga yor vasfin guftugo‘,
Istasang ikki jahon bog‘ida guldek obro‘,
Voladek doim ul oy vaslinn etgil justujo‘,’
Ey Navoiy, umri jovid aylar ersang orzu,
Bas, jahonning naqdini ul la’li ruhafzog‘a soch.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse