Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas (Noqis)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas
by Noqis

Labing ganji nihoni uzra pech urmishmu ajdar xat,
Va yo ishq ahlini toroj etarg‘a yozdi lashkar xat,
Nazokatlar berib davri ruxingda atri anbar xat,
Yuzung yonidakim bosh chekti har yondin muattar xat,
Gul uzra mushkdin kilki qazo qilmish muharrar xat.

Ko‘zung ramzi magar sho‘ri jahonga manbayedurkim,
Maoni jam’ida har nuqta xoling mus’ayedurkim,
Ki navxatlarni ta’limida xatting misrayedurkim,
Jamoling safhasida ikki qoshing matlayedurkim,
Yozibdur kotibi sun’ oni husn ahli uchun sarxat.

Ko‘runur turfa zebo ko‘zg‘a rayhon chehrai xatting,
Yuzung avroqi uzra ko‘p safolig‘ mo‘hrai xatting,
Ne xush ul chashmai la’ling labida zumrai xatting,
Guli ruxsoringga ko‘p zeb berdi sabzai xatting,
Bag‘vat xush bermish qizil qog‘ozda axzar xat.

Qaro qoshingmudur ko‘zga nishon yo tig‘i xunxori,
Va yo gulzor ichida pechutob urmish siyah more,
Pareshon kokulung torimudur yo ishq elin dori,
Yuzungni tegrasida xatmudur yo sun’ pargori,
Quyoshni davrida tahrir uchun chekti mudavvar xat.

Munavvar qildi husnung partavi olamni sar to poy,
Jamoling sham’i ravshan qildi tunni gar shabi yaldoy,
Sani vasfing bayoni bo‘lmag‘ay qog‘oz yuzida joy,
Yuzungni dog‘i birla anjumingdin ne asig‘, ey oy,
Quyoshdek oraz uzra xushturur gar xol erur, gar xat.

Karam bazmini har dam manga mu’tod etsang, ey soqiy,
Xarob o‘lg‘an ko‘ngul mulkini obod etsang, ey soqiy,
Agar bir may sunubon xotirim shod etsang, ey soqiy,
Mani maxmurlig‘ ranjidin ozod etsang, ey soqiy,
Yozarman garchi ilkim titramakdin kelsa abtar xat.

Etar ishq ahlig‘a gah zulm, gohi marhamat sandin,
Labing bir xandadin gah jon berur, gah jon olur tandin,
Agar yozsang xatin yodida har so‘z sud erur mandin,
Xating vasfida har nekim savod etmish ko‘ngul andin,
Erur bir anbarin zanjir savdo ahlig‘a har xat.

Shu’lai orazingmu yoki sham’i mahfil, ey mahvash,
Safoi yuzmudur yo barq urmish shu’lai otash,
Bu yanglig‘ naqshi hayroniy qilur dil jomini beg‘ash,
Ko‘runur gul kibi orazda mushkin xat labi dilkash,
Varaq gar xub emasdur, xub emas yozmoq muyassar xat.

Suxan bas ayla nosih, sanga yo‘qtur naf’ bu so‘zdin,
Sen o‘z fikringda bo‘lg‘il, sol mani bu dayr aro ko‘zdin,
Ko‘rub Noqis bu xat mazmunini uzdi umed o‘zdin,
Navoiy berma pandim xossa xat bosh chekti ul yuzdin,
Chiqa olmon xatidin har nechukkim cheksa dilbar xat.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse