Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas (Devoniy, I)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Alisher Navoiy g‘azaliga muxammas
by Devoniy

Tutub mehru vafo rasmin, manga tarki azob aylab,
Bilib holi xarobimni, muruvvat behisob aylab,
Bori ushshoq aro men notavonin intixob aylab,
Tun aqshom keldi kulbam sori ul g‘ulruh shitob aylab,
Xiromi sur’atidin gul uza xaydin gulob aylab.

O‘ziga fan qilib nozu ado rasmini sar-to sar,
Yuzini sham’idin hijron tunini ayladi anvar,
Ko‘zu qoshidin erdi fitnau bedod ishi azhor,
Qilib mujgonni shabravlar kibi jon qasdig‘a xanjar,
Beliga zulfi anbarboridin mushkin tanob aylab.

Vafo rasmin tutub kulbam aro ta’jil ila kirdi,
Fasohat rishtasig‘a nuktai gavharlarin terdi,
Kalomi ramzidin ayshu tarab osori fosh erdi,
Kulub o‘lturdiyu ilkim chekib, yonida yer berdi,
Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab.

Balo dashtida aylab ro‘zu shab majnun kibi maskan,
Ishim ahvolima erdi tunu kun nolau shevan,
Tabassum fosh etib dedi manga ul dilbari purfan,
«Ki ey zori balokash oshiqim, mensiz nechuktursan?»
Men o‘ldum lolu ayta olmadim mayli javob aylab.

Qilib lutfu karam ul nozanin, kulbamaro keldi,
G‘ami ishqi aro ohu fig‘onim ko‘ziga ildi,
Necha muddat firoqi ichra xummor erkanim bildi,
Chiqardi shishai may dog‘i bir sog‘ar to‘la quydi,
Ichib, tutdi manga yuz nav’ nozoso itob aylab.

Berib mayni dedikim: Aylagil ashkingni bas ko‘zdin,
Bo‘lub sarmasti loya’qil meni mahzuni bu so‘zdin,
Tavaqquf qilmayin o‘ldim hayoni raf’ etib yuzdin,
Ichib, faryod etib tushtum ayoqig‘a, borib o‘zdin,
Meni yo‘q bodakim, lutfi aning masti xarob aylab.

Birovkim ro‘zu shab hajr ichra ishi bo‘lsa gom urmoq,
Chekib ranju mihan, ummid etib komin ravo bo‘lmoq,
Etushsa o‘zni aylab ko‘yida Devoniydek tufroq,
Anikim eltkay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab.

This work is first published in Uzbekistan and is now in the public domain because its copyright protection has expired by virtue of the Law of the Republic of Uzbekistan on Copyright and Related Rights, enacted 2006, amended 2021. The work meets one of the following criteria:

  • It is an anonymous or pseudonymous work and 50 years have passed since the date of its publication
  • It is a posthumous work and 70 years have passed since the date of its publication
  • It is another kind of work, and 70 years have passed since the year of death of the author (or last-surviving author)
  • It is one of "official documents (laws, resolutions, decisions, and etc.), as well as their formal translations; official symbols and marks (flags, emblems, orders, banknotes, and etc.); works of popular art"

Public domainPublic domainfalsefalse