Ajz yonindin bo‘lak yo‘l yo‘k, ba vajhi Kibriyo...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ajz yonindin bo‘lak yo‘l yo‘k, ba vajhi Kibriyo...
by Yusuf Saryomiy

Ajz yonindin bo‘lak yo‘l yo‘k, ba vajhi Kibriyo,
Munda bir qilcha bukulsang, anda «sin»dur toqi«yo».

Iktisob aylab sinuqlik, qo‘yma xudluqdin asar,
Chunki qattig‘ saddi raxdo‘r, zarrai kibru havo.

Zuhdu taqvo xirmanin gar aylasang yuz ko‘h-ko‘h,
Bo‘lsa o‘rtar gar samum sum’au barqi riyo.

Bo‘lma toat birla emin, jurm birlan noumid,
Qahru lutfidin ani tut domani xavfu rijo.

Kim etar haqdin sani, mashg‘uli but derlar ani,
Hojat ermasdur butu butxona qilmoqlik bino.

Fazlu adli oldida dargohig‘a teng keldilar,
Zohidu pashminapo‘shu fosiqu noporso.

Aylagil izhori qulluq, intizori fazli bo‘l,
Bo‘lmag‘ay qulluqdin o‘zga qulga hargiz muddao.

Har dame andin yetar sarmoyai naqdi hayot,
Har nafas sandin ketar so‘yi adam gardi fano.

Bilmading, har lahza ortar, dam-badam haddin fuzun,
Sandin isyonu xatolar, andin ehsoni ato.

Kim beribdur shohidi gulchehrasiga obu rang,
Kim tikibdur sarv qaddig‘a zumurradgun qabo.

Lola jomini to‘lo kim qiddi gulgun bodadin,
Kim bu o‘t tobidin etmish dog‘i bag‘rini qaro.

Bu chamanda kim binafsha xirqasin qilmish kabud,
Chunki osibi xazondin bog‘lar motamsaro.

Bu dabistonuchamanda sarvu g‘ul avroqidin,
Kim o‘qurlar dam-badam bulbul — fig‘on, qumri — navo.

Buyi ulfat istamaz kavnu makon gulzoridin,
Yetsa zulfi yordin kimga nasimi atrso.

Dastgohi e’tiboring, Yusufiy, bir mushti xok,
Qo‘yma o‘zlukdin asar, sindur tilismi naqshi po.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse