Ajab zebo bo‘lubdur qomating ham chashmi fattoning...

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Ajab zebo bo‘lubdur qomating ham chashmi fattoning...
by Qoriy Xoʻqandiy

Ajab zebo bo‘lubdur qomating ham chashmi fattoning
Asir etdi meni shirin kulub chohi zanaxdoning.

Meni poband qildi shahnavash zulfi parishonlar,
Ko‘zumni tutdi andog‘ partavi xurshedi raxshoning.

Yangi aylab meni bu ko‘hna zaxmimni takallumdin,
Tahayyur ichra soldi bu sifat la’li namakdoning.

Muhabbat otashi so‘zandasi meros olamdin,
Ko‘zingni soxla nogah tutmasun olamni to‘foning.

O‘tub Farhod, Vomiq, yetdi endi sanga bu navbat
Falakka yetkur andog‘ nolau afg‘oni so‘zoning.

Pari ruxsorlardin bir tarahhum ko‘rmadi ko‘zlar
Tukub surxoblar Majnun kabi bul davri davroning.

Asir o‘lding iki jallodi xunreziga, ey Qoriy.
Jazo shulkim, to‘kulsun ostoniga qizil qoning.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse