Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search

<Wikisource:National anthems


O'zbekiston Respublikasining
Davlat Madhiyasi
Abdulla Oripov so'zi
Mutal Burhonov musiqasi
Serquyosh,hur o'lkam,elga baxt najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan,ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
NAQORAT:
Oltin bu vodiylar jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali,tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt,mangu bo'l obod!
NAQORAT:
Oltin bu vodiylar jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon
Olamni mahliyo aylagan diyor!