Alisher Navoiy g’azaliga muxammas (Umarxon)

From Wikisource
Jump to navigation Jump to search
Alisher Navoiy g’azaliga muxammas
by Umarxon

Ul buti shirin liqo har nechakim yod aylamas,
Ishq tog’ida men etgan ishni Farhod aylamas,
Xasta ko’nglum bu jafolardin nechuk dod aylamas,
Yo’q damekim,furqati jonimg’a bedod aylamas,
G’ayrni shod etgali ko’nglumni noshod aylamas.

Ul pariro’kim,erur noz ofarinlar sarvari,
Boqmadi hargiz tarahhum birla oshiqlar sari,
Hasratu anduh birla bordim o’zlukdan nari,
O’lmakimni bilmayin go’yo der ermish ul pari,
Kim necha kundurkim,ul devona faryod aylamas.

Bor edi ko’nglumg’a zulfu orazidin tobu tab,
Shomu hijron ichra yondim sham’i muhfildek tutab,
Paykarim o’ldi o’kush,o’q zahmidin javshan laqab,
Soldi ko’nglum o’tig’a paykonlarin hijron, ajab,
Kim mening qatlimg’a boshtin tig’i po’lod aylamas.

Baski elg’a fosh etar ohim o’ti, jonon g’ami,
Bu jihatdin qolmadi ko’ksum aro pinhon g’ami,
Hech kimning boshig’a kelturmadi davron g’ami,
Ulcha bag’rimg’a qilur g’am neshidin hijron g’ami,
Tog’ning bag’rig’a metin birla Farhod aylamas.

Ekga jonondin,Amiro,qilma izhori g’ame,
Ishq asrorini arz etmakka yo’qtur mahrame,
Hasrat o’tidin ko’ngulga yo’q isiqroq hamdame,
Ey Navoiy,bo’lma oning yodidin g’ofil dame,
Sen kim o’ldung degalikim,meni ul yod aylamas.

This work was published before January 1, 1929, and is in the public domain worldwide because the author died at least 100 years ago.

Public domainPublic domainfalsefalse